«Yuventus» «Verder»ning 20 yoshli yarim himoyachisini sotib olishga yaqin turibdi
«Verder» yarim himoyachisi Dikeni Salifu faoliyatini «Yuventus»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Shkira xabar berdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, Turin klubi 20 yoshli futbolchining transferi borasida «Verder» bilan muzokaralarning ilg‘or bosqichida. Salifuning o‘zi bilan Italiyaga ko‘chib o‘tish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Qayd etilishicha, yarim himoyachi keyinchalik sotib olish imkoniyati bilan «Yuventus»ga ijaraga o‘tishi mumkin.
Salifu “Verder”ning asosiy jamoasi safida bor-yo‘g‘i bitta rasmiy o‘yin o‘tkazib, samarali harakatlari bilan gol ura olmagan. Transfermarkt portali yosh futbolchini 200 ming yevroga baholamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/