Bonuchchi «Yuventus»ni tark etmoqchi

Turinning «Yuventus» klubi sardori va markaziy himoyachisi Leonardo Bonuchchi transfer oynasining qolgan kunlarida jamoasini tark etishni istashiga qat’iy qaror qildi.

Sky Italia xabariga ko‘ra, italiyalik futbolchi yoz boshida Massimiliano Allegri jamoasida qolmoqchi bo‘lgan, ammo hozir ketish haqida o‘ylamoqda.

Avvalroq Bonuchchiga Italiya A Seriyasining boshqa klublari qiziqish bildirayotgandi. So‘nggi paytlarda 36 yoshli faxriy futbolchiga Rimning “Lasio” klubi qiziqish bildirmoqda, biroq transfer hali yakuniga etmagan.

Leonardoning «Yuventus» bilan shartnomasi tugashiga bir yil qoldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter