Gvardiola futbolchilarining kelajagi haqida fikr bildirdi
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola yarim himoyachi Koul Palmer va himoyachi Eymerik Lyaportning jamoani tark etishi haqidagi fikrlarini aytdi.
«Lyaport ketyaptimi? Aytadigan gapim yo‘q, bu savolni unga va klubga berishingiz kerak. Palmerga kelsak, uni ijaraga berishmaydi, deb o‘ylayman. U yo «Manchester Siti»da qoladi yoki sotib yuboriladi», – deya Gvardiolaning so‘zlarini keltirgan jurnalist Simon Baykovski.
Ma’lum bo‘lishicha, Laport «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning rejalariga kiritilmagan. 29 yoshli fransiyalik futbolchi o‘tgan mavsumda APLda 12 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/