Gvardiola: «Ertaga nima bo‘lishini bilmayman»

«Manchester Siti» ustozi Pep Gvardiola Koul Palmer kelajagi haqida fikr bildirdi. U klub tarbiyalanuvchisi borasida shunday deydi:

«Koul biz bilan. Ammo u hozir biz bilan, ertaga esa nima bo‘lishini bilmayman. Men uning ko‘proq o‘yin vaqti xohlashini yaxshi tushunaman. Hozir Maxrez ketgan. Uning o‘rnida bizda joy mavjud. Hozir biror narsa deya olmayman. Hammasi rahbariyat tomonidan hal qilinadi».

Manba: newsnow.co.uk

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter