Anchelotti Militaoning jarohati xaqida fikr bildirdi
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Eder Militaoning La Liga 1-turida olgan jarohati haqida fikr bildirdi.
“Atletik”ga (2:0) qarshi o‘yinning 50-daqiqasida markaziy himoyachi yig‘lab maydonni tark etdi.
«Militao tizzasidan jarohat oldi, jarohati jiddiy ko‘rinadi», – deydi Anchelotti. – Yaqin orada tekshiruvlar bo‘ladi. Xochli ligamentning yorilishi? Hozircha biz hech narsani inkor eta olmaymiz, ammo umid qilamanki, vaziyat og‘ir emas”, – dedi italiyalik mutaxassis o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.
19 avgust kuni Madridning “Real” klubi Ispaniya chempionati 2-turi doirasida “Almeriya”ga qarshi maydonga tushadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/