«PSJ» «Verder»ning 18 yoshli himoyachisi uchun 50 mln yevro to‘lashga tayyor
Parijning «PSJ» klubi Germaniyaning «Verder» jamoasi himoyachisi Karim Kulibaliga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda DeichStube nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, parijliklar sport direktori Luis Kampos va bosh murabbiy Luis Enrike 18 yoshli chap oyoqli markaziy himoyachini o‘z jamoalarida ko‘rishni istashmoqda. Klub allaqachon futbolchining vakillari bilan dastlabki aloqalarni o‘rnatgan.
«Verder» sport direktori Klemens Frisning ta’kidlashicha, Bremen klubi o‘z iqtidorini 45–50 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Agar ushbu transfer amalga oshsa, bu «Verder» tarixidagi eng qimmat sotuv bo‘ladi.
Hozirda futbolchi uchun kurashda «PSJ»dan tashqari «Chelsi» va «Real Madrid» klublari ham da’vogarlik qilmoqda.
Yangilik manbasi — https://stadion.uz/