Arteta Tirnining tarixiy goliga izoh berdi
Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Kiran Tirnining Shotlandiya terma jamoasi safida urgan goli haqidagi savolga javob qaytardi.
«Kanonirlar» sobiq futbolchisining aniq zarbasi shotlandiyaliklarga uzoq kutilgan jahon chempionati yo‘llanmasini taqdim etdi.
«Men Kiran va Shotlandiya uchun juda xursandman. Men u yerda yashagan ikki yil davomida shotlandiyaliklarning ishtiyoqini chinakamiga sevib qoldim», — dedi Arteta matbuot anjumanida.
Kiran Tirni joriy yilning yozida «Arsenal»ni tark etdi. U 2019 yildan beri London klubi sharafini himoya qilib kelmoqda edi.
Yangilik manbasi — https://stadion.uz/