«Real»ning sobiq futbolchisi: «Yamalni sotib olmasdim»
«Real»ning sobiq futbolchisi Ivan Samorano Madrid klubiga vinger Lamin Yamalni sotib olmasligini ma’lum qildi.
«Yamalni «Real»ga sotib olmagan bo‘lardim. U yulduz, ammo unda «Real» futbolchisida bo‘lishi kerak bo‘lgan mohiyat yoki ruh yo‘q. «Real» — saviya va madaniyatga ega jamoa, uning futbolchilari buni ko‘rsata olishlari kerak. Men hech qachon Messining «Real» o‘g‘rilik qilyapti, deganini eshitmaganman — axir u dunyodagi eng zo‘ri edi», — dedi Samorano.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda bo‘lib o‘tgan «el klasiko» oldidan Yamaldan «Real»ni Ispaniya Medialigasi jamoasi bilan taqqoslashni so‘rashgan va futbolchi «ular o‘g‘irlashadi va shikoyat qilishadi» degan o‘xshashliklar borligini aytgandi.
Yangilik manbasi — https://stadion.uz/