APL top-klublari Bundesliga vakilini kuzatmoqda

Angliya Premyer-ligasining top-klublari Bundesliganing asosiy iqtidorini kuzatmoqda.

Transferlar bozoriga ixtisoslashgan sport jurnalisti Pit Rurk «Chelsi,» «Liverpul» va «Manchester Yunayted» vakillari joriy mavsum boshida Germaniya chempionatida sensasiya bo‘lgan «Kyoln» a’zosi, 19 yoshli Said Al-Malani juda sinchkovlik bilan kuzatayotganini ma’lum qildi.

Uning transfer narxi Transfermarkt saytida 18 million yevroga baholanmoqda.

Bu mavsumda Said El-Mala «Kyoln» safida barcha musobaqalarda 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi — https://stadion.uz/

Чип Стэплтон
Копирайтер