Virs «Liverpul»ning Chempionlar Ligasidagi 5:1 hisobidagi g‘alabasidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi

«Liverpul» hujumkor yarim himoyachisi Florian Virs Evropa Chempionlar Ligasi umumiy bosqichidan o‘rin olgan Germaniyaning «Ayntraxt» klubiga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Mersisaydliklar Frankfurtda 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.

«Biz 0:1 hisobida yutqazayotgandik, ammo o‘yin taqdirini o‘zgartira oldik. Birinchi bo‘limda bo‘sh zonalarni topa olmadim, ammo tanaffusdan keyin barchasi o‘zgardi. Yanada ko‘proq foydali ishlar qilishim mumkin. G‘alabamizdan mamnunman. Gollarda ishtirok etganimdan xursandman,» – deya yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi Liverpool Echo.

Virs yozda ingliz grandi safiga qo‘shildi. 22 yoshli vingerning transferi «qizillar»ga 125 million yevroga tushgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter