UYEFA Chempionlar ligasidagi 7:1 hisobidagi g‘alabadan keyin «Borussiya»ni jazolashi mumkin
Seshanba oqshomida Dortmundning «Borussiya» klubi Chempionlar ligasi doirasida «Seltik»ni 7:1 hisobida mag‘lub etdi. O‘yin davomida «asalarilar» muxlislari UYEFA ishidan norozi ekanliklarini bildirishdi. Ko‘rinishidan, «Borussiya» muxlislariga Chempionlar ligasining guruh bosqichi o‘rniga umumiy liga o‘tkazilgan yangi formatdagi o‘yin yoqmayapti.
«UYEFA – bu mafiya», «Sizni sport qiziqtirmaydi – siz faqat pul haqida qayg‘urasiz», «O‘yinni qaytarib bering» – bunday bannerlarni «Borussiya» faol muxlislari taqdim etishdi.
Endi «Borussiya» UYEFA tomonidan sanksiyalarga duch kelishi mumkin.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/