Keyn Drogbaning yutug‘ini ortda qoldirdi
UYEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqich 3-turidan o‘rin olgan bahsda Myunxenning «Bavariya» klubi Belgiyaning «Bryugge» klubi ustidan 4:0 hisobidagi g‘alabani tantana qildi. Nemis jamoasi tarkibidagi gollardan birini markaziy hujumchi Xarri Keyn kiritdi.
Ushbu gol evaziga u YECHL tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 17-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Keyn «Chelsi»ning 44 ta goli bor sobiq hujumchisi Didye Drogbani ortda qoldirdi.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar portugaliyalik Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. 40 yoshli markaziy hujumchi hisobida 140 ta gol bor.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
