Keyn: «Bu haqida gapirishga hali erta»

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Xarri Keyn ushbu mavsumdagi sovrinlar uchun kurash haqida gapirdi.

«Bizda bu mavsumda hamma narsada g‘alaba qozonish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ladi. Mavsumni «Bavariya» bilan boshlaganingizda, siz avtomatik tarzda favoritlar qatoriga tushib qolasiz.

Men bu yerda bo‘lganimdan beri biz kubokda yaxshi natijaga erisha olmadik va buni to‘g‘irlamoqchimiz.

Chempionlar ligasiga kelsak, bu haqida gapirishga hali erta, ammo maqsadimiz bir: turnirda g‘alaba qozonishga harakat qilish», – dedi Keyn.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter