Karvalyu: «Meni eng ko‘p hayratda qoldirgan futbolchi – Didye Drogba»
Rikardo Karvalyuning aytishicha, Didye Drogba u uchun eng qiyin raqib bo‘lgan.
«Meni eng ko‘p hayratda qoldirgan futbolchi – Didye Drogba. Men Rud van Nistelroyga qarshi o‘ynaganman – u zo‘r mahorat va eng yuqori sifatga ega edi, lekin Drogbadek emas edi.
“Portu”da o‘ynaganimda “Marsel”ga qarshi bahs olib bordik, uning kuchi va jismoniy holati – bularning barchasi hayratlanarli edi. Uni to‘xtatish nihoyatda qiyin edi.
Keyin biz sherik va yaqin do‘st bo‘ldik. Biz «Chelsi»da olti yilni birga o‘tkazdik», – dedi «Chelsi»ning sobiq himoyachisi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/