Zommer «Inter» asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotishi mumkin

Ispaniyalik darvozabon Xosep Martines Yan Zommerning «Yuventus»ga qarshi muvaffaqiyatsiz o‘yini sabab «Inter» asosiy darvozaboniga aylanishi mumkin.

Klubda darvozada jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. FCInterNews xabariga ko‘ra, bosh murabbiy Kristian Kivu darvozabon Yan Zommer o‘rniga uning jamoadoshi Xosep Martinesni qo‘yishni o‘ylamoqda.

Bunga 36 yoshli shveysariyalik futbolchining «Yuventus»ga qarshi kechgan va «neradzurrilar»ning 3:4 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlangan derbidagi muvaffaqiyatsiz o‘yini sabab bo‘ldi. Zommer bir nechta qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yib, to‘rtta gol o‘tkazib yubordi. Ayniqsa, Kefren Tyuram va Vasiliy Ajich tomonidan kiritilgan gollar o‘yin taqdirini hal qilgani murabbiyni g‘azablantirgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter