Zommer: «Ishonchim komilki, men birinchi bo‘lib to‘pga tegdim»

“Inter” Italiya chempionatining navbatdagi turida “Fiorentina”ni mag‘lub etdi va bunda shveysariyalik darvozabon Yann Zommerning o‘rni bor.

Avvaliga u penalti belgilanishiga sababchi bo‘ldi, keyin esa uni muvaffaqiyatli bartaraf etdi.

«Penalti haqida bir narsa deyish qiyin, menimcha, to‘pga birinchi bo‘lib yetib kelgandim. Hakam shunday qaror qildi, shunday bo‘ldi. Men zarbani qaytardim, bundan juda mamnun bo‘ldim, chunki undan oldin mashaqqatli mehnat bor edi, biz o‘yin oldidan raqiblarni, shu jumladan, shu kabi jihatlarni o‘rganamiz», – deya Zommer so‘zlarini keltiradi fcinter1908.it.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter