«Barsa»ning uch nafar futbolchisi 8 yil ichida birinchi marta La Liga o‘yinida dubl qayd etdi

«Barselona»ning uch futbolchisi 8 yil ichida birinchi marta La Liga o‘yinida dubl qayd etdi.

Yakshanba kuni «Valensiya»ga qarshi o‘yinda (6:0) Fermin Lopes, Rafinya va Robert Levandovski 2 tadan gol urdi.

Oxirgi marta «blaugrana» bunday natijaga 2017 yilning aprelida erishgandi – «Osasuna»ga qarshi o‘yinda (7:1) Andre Gomesh, Lionel Messi va Pako Alkaser dubl qayd etishgandi.

Primerada so‘nggi marta bunday holat «Real» bilan sodir bo‘lgan – 2018 yil yanvarida «Deportivo»ga qarshi o‘yinda (7:1) Garet Beyl, Krishtianu Ronaldu va Nacho 2 tadan gol urgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter