«Real» 19 yil ichida birinchi bor bunday natija qayd etdi

«Real Madrid» deyarli 19 yil ichida birinchi marta Ispaniya kubogi o‘yinining birinchi yarim soatida uchta gol urdi.

Kecha «Deportiva Minera»ga qarshi kechgan 1/16 final bahsida madridliklar uchrashuvning 28-daqiqasiga kelib 3:0 hisobida oldinda borayotgan edi.

«Real» oxirgi marta 2006 yilning fevralida «Saragosa» darvozasiga kubok o‘yinining dastlabki 30 daqiqasida uchta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. «Los-blankos» 1977 yildan buyon safarda buni uddalay olishmayotgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter