Florentino Peres Mastantuono transferiga baho berdi: «Futbol olamida paydo bo‘lgan eng buyuk iste’dodlardan biri klubimizga o‘tmoqda»
Florentino Peres «Real»da Franko Mastantuononi kutib oldi.
Bugun 18 yoshli yarim himoyachining «Real» futbolchisi sifatidagi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mastantuono «River Pleyt»dan 45 mln yevrolik tovon puli evaziga transfer qilindi.
«Bugun o‘ziga xos hissiyotlar kuni, so‘nggi yillarda futbol olamida paydo bo‘lgan eng buyuk iste’dodlardan biri klubimizga o‘tmoqda. Qadrli Mastantuono, tabriklayman, chunki bugun tug‘ilgan kuningizda buyuk orzuingiz ro‘yobga chiqmoqda.
«Real» bilan tarixan bog‘liq bo‘lgan «River Pleyt» haqida alohida to‘xtalib o‘tmoqchiman. Biz hayratlanamiz va faxrlanamiz. Bugun siz «Real»da o‘ynagan argentinalik futbolchilarning nufuzli ro‘yxatiga qo‘shilasiz.
Bugundan boshlab siz 15 karra Yevropa chempionlarining oq futbolkasini kiyasiz. Biz bilan bo‘lishni istayotganingiz uchun katta rahmat,» – dedi «Real» prezidenti.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/