Yozda «Real»ni tark etgan himoyachi: «Rodrigo menda texnik jihatdan Mbappe va Vinisiusdan ko‘ra yaxshiroq taassurot qoldirdi»
«Real»ning sobiq futbolchisi, himoyachi Xesus Valyexo futbolchilardan qaysi biri unga texnik jihatdan ko‘proq ta’sir qilgani haqidagi savolga javob berar ekan, hujumchi Rodrigoning darajasiga qoyil qoldi.
«Rodrigo. Mashg‘ulotlarda u aql bovar qilmaydigan iste’dodini namoyish etardi. Uning harakatlari o‘ta chiroyli edi. Vinisius va Mbappedan ko‘ra u menda ko‘proq taassurot qoldirdimi? Bu borada – ha. U haqiqatan ham yaxshi va ajoyib futbol texnikasiga ega», – dedi Valyexo AS nashriga.
So‘nggi vaqtlarda 24 yoshli Rodrigo muntazam ravishda transfer yangiliklarida ko‘rinish bermoqda. Yoz oxirigacha 24 yoshli braziliyalik «Real»ni tark etishi ham ehtimoldan xoli emas.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/