Rodrigo Neymarga bo‘layotgan tanqidlarga munosabat bildirdi

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Rodrigo Neymarga bildirilayotgan tanqidlar haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, Venesuela bilan durangdan so‘ng (1:1) Neymarga tribunadan pop-korn otilgan edi.

«Neymar bizning asosiy o‘yinchimiz bo‘lib qolmoqda. Albatta, durang yoki mag‘lub bo‘lsak, uning mas’uliyati ko‘proq bo‘ladi. Ammo g‘alaba qozonganimizda, u bizning eng yaxshi o‘yinchimiz ekanligi va biz unga bog‘liq ekanligimiz ayon bo‘ladi», – deya Rodrigo so‘zlarini keltirmoqda ESPN sayti.

Braziliya terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichidagi navbatdagi o‘yinini seshanbadan chorshanbaga o‘tar kechasi – Urugvayga qarshi o‘tkazadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter