«Napoli» vingeri Turin klubiga yo‘l oldi
Siril Ngonj «Napoli»dan «Torino»ga o‘tdi.
Turin klubi 25 yoshli vingerni sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olganini e’lon qildi.
Janluka Di Marsioning ma’lum qilishicha, futbolchining ijarasi «Torino»ga 1 million yevroga tushadi, to‘laqonli transfer esa 16-17 mln yevroga tushadi.
Ngonj o‘tgan mavsumda A Seriyaning 18 o‘yinida maydonga tushib, o‘rtacha 11 daqiqa harakat qildi va gol ura olmadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/