Biragi Turin klubiga o‘tdi
«Torino» «Fiorentina» himoyachisi Kristiano Biragi bilan ikki yillik shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
«Buqalar» 32 yoshli italiyalik futbolchining shartnomasini sotib oldi. Transfermarkt portali kelishuv summasini 100 ming yevroga baholagan.
Biragi 2024/25 yilgi mavsumning ikkinchi yarmini «Torino»da ijarada o‘tkazdi. Uning hisobida turinliklar safida 15 ta o‘yin bor.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/