Krkich «Barselona»da Dekuga yordam beradi
«Barselona»ning sobiq yulduzi Boyan Krkich klubga qaytmoqda – endi tabiiyki, futbolchi sifatida emas, ma’muriy xodim sifatida. U jamoaning texnik direktori bo‘lib ishlayotgan portugaliyalik Dekuga yordam beradi.
2022 yilda faoliyatini yakunlagan Krkich o‘z vaqtida ikkinchi Messi hisoblangan, ammo «Barselona»da uning ishlari unchalik yurishmadi. U «Roma» va «Milan»da o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi, ammo faoliyatining boshida odamlar aytgan salohiyatni namoyish eta olmadi. So‘nggi ikki yilda u «Barselona»da skaut bo‘lib ishlagan, hozirda esa uning lavozimi oshirilgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/