Anchelotti: «Maldinining «Oltin to‘p»ni qo‘lga kirita olmaganiga asosiy sabab – u himoyachi edi»

Ayni paytda Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egallab kelayotgan italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti «Oltin to‘p»ni olishga loyiq futbolchi nomini aytdi.

«Paolo Maldini faoliyati davomida «Oltin to‘p»ga loyiq edi. Uning bu sovrinni qo‘lga kirita olmaganining yagona sababi – himoyachiligi edi», – dedi italiyalik mutaxassis Give me Sport bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Maldini 1984 yildan 2009 yilgacha «Milan» sharafini himoya qilgan. «Rossonerlar» bilan birga u 7 marta Italiya chempioni bo‘lgan va 5 marta UYEFA Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan. Italiya terma jamoasi tarkibida Paolo 126 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter