Myuller klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan chiqib ketganidan keyin Keynga hazil qildi
«Bavariya» yarim himoyachisi Tomas Myuller o‘z jamoasi hujumchisi Xarri Keynni masxara qildi.
Myunxenliklar klublar o‘rtasidagi jahon chempionati chorak finalida «PSJ»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng ingliz forvardi intervyu berdi.
– Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan chiqib ketganingizdan qanchalik xafasiz?
– Xavotir olmang, u sovrin yutmaslikka o‘rganib qolgan, – dedi Keyn va jurnalistning yonidan o‘tib ketayotgan Myuller.
Xarri Keyn 31 yoshida o‘zining birinchi sovrinini qo‘lga kiritdi va «Bavariya» bilan Germaniya chempioni bo‘ldi. Germaniyalik yarim himoyachi faoliyati davomida klub va terma jamoa bilan jami 34 marta turli turnirlarda g‘olib chiqqan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/