KO‘JCHda «PSJ» darvozasini ishg‘ol etgan hujumchi APL klubiga ko‘chib o‘tdi
«Nottingem Forest» Igor Jezus bilan shartnoma imzoladi.
24 yoshli hujumchi ingliz klubi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.
Braziliyalik futbolchi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida «Botafogo» darvozasiga ikkita gol urdi, jumladan, «PSJ»ga qarshi o‘yinda (1:0).
BBC nashri xabariga ko‘ra, transfer narxi 10 million funtni tashkil qilgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/