«Atletiko» hujumchisi Mekiska klubiga o‘tishini yakunladi

Madridning «Atletiko» klubi qanot hujumchisi Anxel Korrea faoliyatini Meksikaning «Tigres» jamoasida davom ettiradi.

30 yoshli argentinalik futbolchi «matraschilar» safidagi 10 yillik faoliyatidan so‘ng klubni tark etmoqda. U allaqachon Meksikaga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yetib borgan.

«Atletiko» uning transferidan 11 million yevro + 2-3 million yevro bonus ishlab oladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter