Argentinalik darvozabon lazer bilan bog‘liq voqea tufayli 11 o‘yinga diskvalifikasiya qilindi

Argentinalik darvozabon lazer bilan bog‘liq voqea tufayli 11 o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.

Meksika futbol federasiyasi “Tigres” posboni Nauyel Gusmanni “Monterrey”ga qarshi bahsdan so‘ng (3:3) “nomaqbul xatti-harakatlari” uchun 11 o‘yinga chetlatdi.

Gusman jarohati tufayli o‘yinda ishtirok etmagan. Biroq raqib jamoa stadioni VIP-sektorida o‘tirgan Nauyel “Monterrey” darvozaboni Esteban Andradening ko‘ziga lazer tutgani kameralarga tushib qolgan.

Undan tashqari “Tigres” jamoasi ham ichki qonun-qoidalarga ko‘ra darvozabonni jazolashi, unga qo‘shimcha jarimalar belgilashini ma’lum qilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter