«Manchester Siti» rahbariyati: Bu ikki himoyachi klubda qoladi

«Manchester Siti» rahbariyati jamoada ikki himoyachini olib qolish niyatida. Bu ma’lumotni jurnalist Jek Gagan aytib o‘tdi.

Manbaga ko‘ra, «shaharliklar» Ruben Diash va Riko Lyuis bilan shartnomani uzaytirishga ustuvor ahamiyat berishmoqda. Yaqin kunlarda muzokaralar boshlanishi kutilmoqda.

Joriy mavsumda 28 yoshli Diash barcha turnirlarni hisobga olgan holda 44 ta o‘yinda qatnashdi.

20 yoshli Lyuis 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter