Kulibali: «Jamoa o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalandi»
Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi markaziy himoyachisi Kalidu Kulibali klublar o‘rtasidagi JCH-2025 1/8 finalida “Manchester Siti” ustidan qozonilgan g‘alaba (4:3) haqida gapirdi.
«Bizni dunyoning eng yaxshi klublaridan biriga qarshi qiyin o‘yin kutib turganini juda yaxshi tushundik.
Biz bu uchrashuvda o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishni istadik. Jamoa o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalandi va hozir juda xursand.
Biz «Al-Hilol» bu turnirda davom etishga loyiq ekanini ko‘rsatdik», – deydi futbolchi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/