Postekoglu: «Tottenxem»ga odamlar doim shunday munosabatda bo‘ladi»
«Tottenxem» bosh murabbiyi Anje Postekoglu Arsen Vengerning so‘nggi bayonotiga izoh berdi.
Mashhur “Arsenal”ning sobiq murabbiyi Yevropa ligasi g‘olibi keyingi Chempionlar ligasiga avtomatik yo‘llanma olmasligi kerakligini aytgandi.
«Tottenxem»ga odamlar doim shunday munosabatda bo‘ladi. Har qanday jumla yoki savolda klubni tilga olishingiz bilanoq hamma darhol uning yutuqlarini kamsitishga harakat qiladi.
Bu «Tottenxem», do‘stim, ular buni yaxshi ko‘rishadi», – deya Postekogluning so‘zlarini keltiradi jurnalist Ben Jeykobs.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/