Venger Arteta fikriga qo‘shilmadi: «PSJ» «Arsenal»dan yaxshiroq edi»
Londonning «Arsenal» klubi afsonaviy sobiq murabbiyi Arsen Venger jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Mikel Artetaning so‘zlarini qo‘llab-quvvatlamadi.
«Kanonirlar» Chempionlar Ligasi yarim finalida «PSJ»ga umumiy hisobda 1:3 hisobida yutqazdi, ammo Artetaning so‘zlariga ko‘ra, bunday natija o‘yinlar manzarasini aks ettirmaydi.
«Umuman olganda, «PSJ» ikki o‘yinda yaxshiroq edi, deyish mumkin. «PSJ»da ko‘proq vaziyatlar bo‘ldi, «Arsenal» real xavf tug‘dirmadi,» – dedi Venger beIN Sports studiyasida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/