Enrike: «Bizda yuqori sifatli, fidoyi o‘yinchilar bor»

Luis Enrike «PSJ»ning Liga 1dagi navbatdagi chempionligi haqida gapirdi.

Parijliklar ustozi «Anje» bilan o‘yindan so‘ng (1:0) o‘z fikrlarini bildirdi.

«O‘ylaymanki, bu o‘yin butun mavsumning timsoli bo‘ldi. Biz muxlislarga katta quvonch bag‘ishlay oldik, ularning qo‘llab-quvvatlaganlari uchun rahmat. Biz «Park de Prens»da o‘ynash baxtiga muyassar bo‘ldik. O‘tgan mavsumdan boshlab jamoatchilik biz qilgan hamma narsani tushundi.

Biz bir jamoa bo‘lib ishlaymiz va buni ko‘rishingiz mumkin. Juda yaxshi futbol o‘ynay oladigan jamoa bilan ishlash katta baxt. Bizda juda yuqori sifatli, fidoyi futbolchilar bor», – deydi Enrike.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter