Ronaldinyo Mbappening «Oltin to‘p» olish imkoniyatlarini baholadi

Ronaldinyo Kilian Mbappening «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish imkoniyatlarini baholadi.

Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi 2003 yilda «PSJ»dan «Barselona»ga o‘tgan. Kataloniya klubi tarkibida u 2005 yilda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan.

«Albatta, u menga juda yoqadigan futbolchilardan biri. U mening ajoyib do‘stim. Men uni hayotda qilgan hamma narsasi uchun hurmat qilaman. Uning Ispaniya chempionatiga kelganidan juda xursandman.

Parijdan keyin biz deyarli bir xil yo‘ldan bordik. Ammo u tarixiy klubda, bu unga rivojlanish va unga yetishmayotgan muhim sovrinlarni yutish imkonini berishi kerak», dedi Ronaldinyo.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter