SPL. «An-Nasr» o‘z maydonida «Al-Ittifoq»qa yutqazib qo‘ydi
Saudiya Arabistoni chempionatining 21-turida «An-Nasr» o‘z maydonida «Al-Ittifoq»ga yutqazdi – 2:3.
Mezbonlar safida gollarga Ayman Yahyo va Muhammad Al-Fatil mualliflik qildi. Mehmonlar safida Jorjino Veynaldum (dubl) va Ayman Yahyo (avtogol) o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
O‘yin oxirida «An-Nasr» forvardi Jon Duran qizil kartochka oldi. O‘yinda rossiyalik Kirill Levnikov boshchiligidagi hakamlar brigadasi ishladi.
«An-Nasr» 44 ochko bilan musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. «Al-Ittifoq» – 8-o‘rinda (28 ochko).
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/