Dembele Liga 1’da e’tirof etildi

«PSJ»ning hujumkor yarim himoyachisi Usmon Dembele o‘tgan oy yakunlariga ko‘ra Fransiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Bu haqda turnir matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yanvar oyida vinger parijliklar safida to‘rtta o‘yinda qatnashib, sakkizta gol urdi. Fransiyaning joriy chempionatida 27 yoshli yarim himoyachi 19 ta o‘yin o‘tkazgan.

Usmon 16 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter