Dembele nihoyat foydali harakat amalga oshirdi

Fransiya chempionatining 6-turida «PSJ» o‘z maydonida «Marsel» ustidan yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Ushbu bahsda nihoyat parijliklarning yozdagi yangi xaridi Usmon Dembele foydali harakat amalga oshirdi. U 47-daqiqada sherigi Gonsalu Ramushning goliga assistentlik qildi.

Eslatib o‘tamiz, yozda 50 million yevroga xarid qilingan Dembele bundan avvalgi 5 ta o‘yinda samarasiz o‘ynagandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter