«Brayton» ustozi «MYU» ustidan qozonilgan g‘alaba haqida gapirdi
«Brayton» bosh murabbiyi Fabian Xyurseler «Manchester Yunayted» ustidan qozonilgan g‘alabadan (3:1) keyin o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Men juda xursandman, jamoa bilan faxrlanaman. Futbolchilar bu hafta ajoyib fidoyilik ko‘rsatishdi. Bugun ular o‘zlariga munosib bo‘lgan narsaga erishdilar. Hammasi eng mayda detallarigacha to‘g‘ri bajarildi», dedi Xyurseler.
«Brayton» 34 ochko bilan APL turnir jadvalida 9-o‘rinda, «Manchester Yunayted» esa 26 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/