Enrikega qarshi chiqqanlar ma’lum bo‘ldi

Parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrikening ishini hamma futbolchilar ham yoqtirmaydi.

Xabar berganimizdek, Usmon Dembele ispaniyalik murabbiyga qarshi chiqdi – u oktyabr oyida Chempionlar ligasi doirasidagi «Arsenal»ga qarshi o‘yinda murabbiyning uni tarkibdan chetlatganini haligacha kechirmadi.

Jurnalist Loik Tansining yozishicha, himoyachi Presnel Kimpembe va hujumchi Randal Kolo-Muani ham murabbiyni qo‘llab-quvvatlamaydi.

Uchalasi ham Enrikening ish uslubidan hafsalasi pir bo‘lgan. Biroq, turli mish-mishlarga qaramay, mutaxassis boshqa futbolchilarning ishonchidan bahramand bo‘lmoqda. Jamoaning katta qismi murabbiy bilan yaxshi munosabatda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter