APL. «Liverpul» va «MYU» g‘alabani qo‘ldan chiqarishdi

Angliya Premyer Ligasining 35-turida “Liverpul” 27 aprel, shanba kuni “Vest Hem”ga qarshi bahs olib bordi.

Londondagi uchrashuvda Bouen hisobni ochgan bo‘lsa, Robertson hisobni tenglashtirdi. Areolyaning avtogolidan keyin mehmonlar hisobda oldinga chiqib oldi. 77-daqiqada Antonio mezbonlarga durang natijani keltirgan gol muallifi bo‘ldi – 2:2.

Ushbu natija sabab Klopp shogirdlari ketma-ket ikkinchi o‘yinda ham ochko yo‘qotib, chempionlik uchun imkoniyatlarini keskin pasaytirib yubordi. “Liverpul” hisobida 35 o‘yinda 75 ochko bor va klub 3-o‘rinda bormoqda. “Arsenal” 34 o‘yindan keyin 77 ochko bilan peshqadamlikni saqlab turibdi. 33 o‘yinda 76 ochko to‘plagan “Manchester Siti” 2-o‘rinda bormoqda.

«Manchester Yunayted» esa o‘z uyida «Byornli»ni qabul qilib, muhim ochkolarni boy berdi. Mezbonlar 79-daqiqada Antonining goli evaziga hisobni ochishgandi. O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 3 daqiqa qolganida «Byornli» penalti tepish huquqini qo‘lga kiritdi va o‘yinda durangga erishdi.

Mazkur durang tufayli «MYU» mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunlash imkoniyatidan amalda mahrum bo‘ldi.

APL, 35-tur
27 aprel, shanba.
“Vest Hem” – “Liverpul” 2:2
Gollar: 1:0 – Bouen (43), 1:1 – Robertson (48), 1:2 – Areolya (65, avtogol), 2:2 – Antonio (77).
“Vest Hem”: Areolya, Soufal, Ogbonna, Zuma, Emerson, Souchek (Uord-Prouz, 74), Lukas Paketa, Alvares, Quddus, Bouen, Antonio.
“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold (Gomes, 79), van Deyk, Kuansa, Robertson, Endo (Nunes, 79), Mak Allister, Gravenberx, Elliott, Dias (Saloh, 79), Gakpo.
Ogohlantirishlar: Endo (30).

Manchester Yunayted – Byornli 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 79 Antoni, 1:1 – 87, penalti Amduni.
Manchester Yunayted – Onana, Uan-Bissaka, Maguayr, Kazemiro, Diogu Dalot, Eriksen (Amrabat, 81), Brunu Fernandesh, Maynu (Maktominey, 65; Maunt, 90), Antoni, Garnacho, Xeylund (Diallo, 65).
Byornli – Murich, Assinyon, O`SHi, Estev, Vitinyo, Kallen, Berge, Odober, Foster, Fofana (Amduni, 57), Bruun Larsen (Gudmundsson, 72).
Ogohlantirishlar: Odober (42), Antoni (43), Kallen (60), Estev (90+2).

Manba: stadion.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter