Pulishich Kakadan keyin bu natijaga erishgan ilk futbolchi bo‘ldi

Italiya chempionatining navbatdagi, 36-turida “Milan” “Kalyari”ni 5:1 hisobida mag‘lub etib, joriy mavsumdagi eng yirik g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

O‘yin bo‘yicha uchrashuvning bosh qahramoni Kristian Pulishich bo‘ldi – amerikalik yarim himoyachi dubl qayd etdi va Italiya chempionatidagi gollari sonini joriy mavsumda o‘n bittaga yetkazdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Pulishich 2006/2007 yilgi mavsumda Rikardo Kakadan keyin bir mavsumda o‘ndan ortiq gol urgan birinchi «Milan» yarim himoyachisi bo‘ldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter