Madridning «Real» klubi braziliyalik futbolchisi Vinisius Junior «Globe Soccer Awards» talqiniga ko‘ra 2024 yilning eng yaxshi hujumchisi sifatida tan olindi.
Dubayda bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida u eng yaxshi hujumchi mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Vinisiusning asosiy raqobatchilari quyidagilar edi:
– Artem Dovbik («Roma»/»Jirona»),
– Filip Foden va Erling Xoland (ikkalasi ham «Manchester Siti»),
– Xarri Keyn («Bavariya»),
– Lautaro Martines («Inter»),
– Kilian Mbappe («Real»),
– Moxamed Saloh («Liverpul»),
– Niko Uilyams («Atletik»),
– Lamin Yamal («Barselona»).
Vinisius o‘zining yuqori darajadagi o‘yini va barqaror natijalari bilan ushbu mukofotga munosib deb topildi.
Manba: stadion.uz
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/