«Inter» 32 yoshli yetakchisini jamoada saqlab qolish niyatida
«Inter» yarim himoyachisi Hoqon Chalxanoglu klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.
Jurnalist Paskuale Guarroning xabar berishicha, so‘nggi ikki hafta davomida milanliklar rahbariyati 32 yoshli futbolchining vakillari bilan yangi kelishuv masalasida muzokaralar olib borgan. Har ikki tomon ham hamkorlikni davom ettirish istagini bildirgan.
2021 yildan buyon «Inter» sharafini himoya qilayotgan Chalxanoglu joriy mavsum barcha musobaqalarda 11 ta o‘yinda qatnashib, 3 ta gol urgan.
Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozida yakuniga yetadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/