Gasperini: «Manchester Yunayted» hamon-hamon kuchli jamoa»

Gettyimages

«Roma» bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini Chempionlar ligasida «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yin oldidan raqibning imkoniyatlarini baholadi.

«Ular chempionatda qiyin davrni boshdan kechirmoqda, ammo biz bunga e’tibor qaratmasligimiz kerak. «Manchester Yunayted» hamon kuchli jamoa, tarkibida jahon darajasidagi futbolchilar bor.

Bizni keskin muhitdagi murakkab bahs kutmoqda. Biz «MYU»ga qarshi xuddi u o‘zining eng yaxshi formasidagidek tayyorgarlik ko‘ryapmiz», — deya Gasperinining so‘zlarini keltiradi Corriere dello Sport.

Chempionlar ligasida «Roma» 4 ochko bilan 15-o‘rinda, «Manchester Yunayted» esa 3 ochko bilan 20-pog‘onada bormoqda.

Jamoalar o‘rtasidagi 4-tur uchrashuvi 4 noyabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.

Manba: euro-football.ru

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter