Luis Enrike Zabarniyning «PSJ»dagi o‘yinini baholadi
«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa himoyachisi Ilya Zabarniyning o‘yini va salohiyati haqida fikr bildirdi.
«U boshqa futbolchilar kabi o‘sishda davom etmoqda. Zabarniy yosh bo‘lsa-da, yetarlicha tajribaga ega. U qoidabuzarliksiz to‘pni olib qo‘yishni va bo‘sh turgan sheriklarini topishni biladi.
Yangi klubdagi birinchi yil doim qiyin kechadi. Zabarniy biz uchun muhim futbolchi, ammo kelajakda yanada muhimroq o‘rin egallashi mumkin», — dedi Enrike.
24 yoshli ukrainalik himoyachi 2025 yil yozida «Bornmut»dan «PSJ»ga o‘tgan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 7 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ta gol urgan.
Manba: euro-football.ru
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/