Di Lorenso: «Spalletti bilan yana ko‘rishganimdan juda xursand bo‘ldim»
«Napoli» mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay, jamoa sardori Jovanni Di Lorenso turinliklar bosh murabbiyi Luchano Spalletti bilan uchrashganidan mamnunligini bildirdi. «Yuventus» neapolliklar darvozasiga javobsiz ikkita gol urdi. Futbolchi nima uchun bunday munosabatda ekanini ham tushuntirdi.
«U mendan oilamning ahvolini so‘radi. Murabbiy bilan bizni alohida munosabatlar bog‘lab turadi. Biz birgalikda unutilmas ikki yilni boshdan kechirdik. Bu davrning eng yorqin nuqtasi chempionlik — Skudettoni qo‘lga kiritish bo‘ldi. U menga «Napoli»da ham, milliy terma jamoada ham juda ko‘p narsa bergan. U bilan yana uchrashish men uchun doimo yoqimli», — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi calcionapoli1926.it.
Eslatib o‘tamiz, hozirda «Napoli»ga Massimiliano Allegri ustozlik qilmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/