APLning uch grandi «Barselona» bilan 65 mln yevrolik futbolchi uchun kurashadi

«RB Leypsig» markaziy himoyachisi Kastello Lyukeba Angliya Premyer-ligasining bir qator top-klublari e’tiborini tortdi.

23 yoshli fransuz futbolchisini «Arsenal», «Chelsi» va «Manchester Yunayted» kuzatib bormoqda. Klublar kelasi yil uni transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Lyukebaga da’vogarlar orasida «Barselona» ham bor. Kataloniyaliklarning futbolchiga qiziqishi haqida avval ham xabar berilgan edi.

«RB Leypsig» himoyachining transferidan 65 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda. Ushbu summaning 5 million yevrosi bonuslar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.

Kastello Lyukebaning «RB Leypsig» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. U hozirgi jamoasi safida 105 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter