Arteta shtabi Vinisius bo‘yicha haqiqatni ochiqladi
Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta shtabida faoliyat yuritayotgan Migel Molina jamoa «Real» vingeri Vinisius Juniorga qiziqqanini tasdiqladi.
«Kanonirlar» o‘tgan yozda braziliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni istagan. Biroq Vinisius keyinchalik Madridda qolishga qaror qildi va «Real» bilan shartnomasini uzaytirdi.
«Biz haqiqatan ham Vinisiusga qiziqqanmidik? Ha, albatta. Haqiqatni inkor qilishning hojati yo‘q. Uning nomi bizning e’tiborimizda edi», — dedi Molina.
Vinisiusning «Real» bilan yangi shartnomasi 2032 yilga qadar amal qiladi. U «Qirollik klubi» sharafini 2018 yildan buyon himoya qilib kelmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/