Rojers Rays bilan yuzaga kelgan nizo haqida gapirib berdi
«Chelsi» yarim himoyachisi Morgan Rojers London derbisi vaqtida «Arsenal» o‘yinchisi Deklan Rays bilan sodir bo‘lgan kelishmovchilik haqida so‘zlab berdi. Rays Rodjersga nisbatan fol ishlatgan, shundan so‘ng «Chelsi» futbolchisi raqibini javoban itarib yuborgan edi.
«O‘yindan so‘ng biz gaplashib oldik va bir-birimizga qo‘l berdik. Oramizda hammasi joyida. Shunchaki bunday o‘yinlarda g‘alaba qozonishni xohlaymiz. Ba’zan ehtiroslar ustunlik qiladi, ammo barchasi joyida», — deydi Rojers The Mirror nashriga.
Keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarda ushbu nizo haqida memlar paydo bo‘ldi, sun’iy intellekt yordamida esa kiyinish xonasidagi futbolchilarning mushtashuvi aks etgan video yaratildi.
«Buni menga yuborishganda ancha kulgili tuyuladi. Hozir SI yangi bosqichga chiqmoqda. Siz qiladigan har bir narsa nimaningdir bir qismiga aylanishi mumkin. Agar bu menga tegishli bo‘lsa, shunchaki kulib qo‘yaman», — deya ta’kidladi Rojers.
O‘tgan transfer oynasida Rojers «Arsenal»ga o‘tishi mumkin edi, ammo yakunda moliyaviy kelishmovchiliklar sababli bitim amalga oshmay qolgan edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/